Immunoprofilaktika bo`limi

Respublikada yangi pnevmokokk vaksinasi 2015 yil noyabr oyidan amaliyotga kiritildi.

Pnevmokokk infeksiyasi — pnevmokok qo`zg`atuvchilari keltirib    chiqaradigan  og`ir  ko`rinishda

kechadigan   kasalliklardir:

pnevmoniya ( o`pkaning   yallig`lanishi ),

Pnevmokokk  infeksiyasi  xavo-tomchi yo`li bilan  yo`talganda, aksirganda va yaqin muloqotda

Bo`lganda  yuqadi, yuqumli kasallik   manbai  sog`lom  odam, kasallikning  yuqish inkubasion davri   1

kundan 3 kungacha.

Xavf  osti guruxiga mansub» bolalarda pnevmokokk  infeksiyasi   og`ir ko`rinishda    kechadi:

  • 5 yoshgacha tez-tez kasallanuvchi   va uzoq muddatga  kasallanib, davolanayotgan    bolalar

orasida ;

  • yuqori nafas yo`llari, yurak-qon tizimi,  buyrakning surunkali kasalliklari   bilan

kasallanuvchi   bolalarda;

  • VICh-infisirlangan bolalarda pnevmokokk infeksiyasi bilan kasallanish  oqibatida

50 foizgacha    xolat  nobud  bo`lishga olib keladi;

  • Immunodefisit xolatlar,   qandli   diabet   bilan   kasallangan bolalarda.

Pnevmokokk  infeksiyasi bilan kasallanishning oldini olish  omillari:

  • qo`lni yuvish;
  • 6 oygacha bolalarni   ona   suti    bilan   oziqlantirish ;
  • xonalarning xavosini   tez-tez    almashtirish;
  • kasallik ilk   belgilari  aniqlanganda  tezda  vrachga   murojaat   qilib, davolashni

O`tkazish.

Kasallik ilk belgilari paydo bo`lganda vrachga murojaat qilish kerak. Pnevmokokk kasalliklari

asosan meningitni davolash uchun narxi juda qimmatbaxo antibiotiklar ishlatiladi. Xozirgi vaqtda pnevmokokkning shtammlari    antibiotiklarga   chidamliligi  kuzatilayapti.

Pnevmokokk kasalliklarini davolagandan ko`ra uning   oldini   olgan  afzal  xisoblanadi.

Pnevmokokk  infeksiyasi bilan kasallanishning oldini olishda vaksinasiya katta axamiyatga ega.

Birinchi marotaba pnevmokokk vaksinasi bilan emlash  2000 yildan boshlab  Amerika davlatida

O`tkazilgan  va  dunyo  bo`yicha shu kunga qadar 265 million  doza pnevmokokk  vaksinasi  bilan

bolalar emlangan. Xozirgi kunda amalda lanilayotgan  vaksinalar   pnevmokokk  qo`zg`atuvchilari  keltirib  chiqaradigan   og`ir   kasalliklardan  saqlaydi.

Pnevmokokk  vaksinasi bilan emlash tufayli faqat  og`ir  kasalliklar  bilan kasallanish  emas,

balki asoratlardan-  karlik, ko`rlik, gidrosefaliya, yuqori nafas  yo`llarining surunkali

kasalliklaridan ximoyalanish  mumkin.

Milliy emlash  jadvaliga  pnevmokokk  infeksiyasiga qarshi  emlash 2015yil  noyabr oyidan

boshlab kiritildi  xamda  bolalarni ikki  va uch  oyligida  pnevmokokk  vaksinasi bilan emlash

amalga oshiriladi. Pnevmokokk  vaksinasi  xavfsiz, samarali   va   faol   immunitet   xosil   qiladi.

O`zbekiston Respublikasida profilaktik emlashlar kalendari

Yoshi      Emlash turi
1 sutkada VGV
2-3 kun OPV-0+BSJ-1
2 оylik OPV-1, Rota-1(Rotovirus vaksinasi og`iz orqali),penta-1(AKDS-1, VGV-2, XIB-2), pnevmo-1
3 оylik OPV-2, Rota-2(Rotovirus vaksinasi og`iz orqali),penta-2(AKDS-2, VGV-3, XIB-2), pnevmo-2
4 оylik OPV-3, penta-3(AKDS-3, VGV-4, XIB-3), IPV
12 оylik oylik      KPK-1, pnevmo-3
16 оylik OPV-4, AKDS-4
6 yosh KPK-2
1 sinf (7 yosh) OPV-5, ADS-M-5
12-13 yosh VPCh
16 yosh ADS-M-6

Izox: VGV — gepatit Vga qarshi vaksina

OPV- poliomielitga qarshi vaksina

BSJ- silga qarshi vaksina

Rota- rotavirus vaksinasi-virusli diareyaga qarshi

KPK- qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi

AKDS- difteriya-ko`kyo`tal-qoqsholga qarshi

Pentavalent-difteriya-ko`kyo`tal-qoqshol-gepatit V-xib infeksiyasiga qarshi

ADS-M- difteriya-qoqsholga qarshi vaksina

Pnevmo- pnevmokokk innfeksiyasiga qarshi vaksina

IPV- inaktivlangan poliomielit vaksina

VPCh- insondagi papilloma virusiga qarshi vaksina 12-13 yoshda faqat qizlar   emlanadi.