DSENM maqsadi

Tuman DSENM o’z vakolati doirasida tuman aholisini sanitariya-epidemiologik barqarorligini xotirjamligini ta’minlaydi.
DSENMning asosiy faoliyati quyidagi sohalarda sanitariya epidemiologiya nazoratini ta’minlash;
— atrof-muxit, atmosfera havosi, suv, tuproqni ifloslanishlarini oldini olish, aholini sifatli xavfsiz suv bilan ta’minlash;
— kommunal obyektlar ahvoli;
— Sanoat korxonalarida va qishlok xo’jaligida ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida, kasb kasalliklarini, zaxarlanish holatlarini qayd qilinishini oldini olish hamda kamaytirish;
— Radioaktiv izotop bilan ishlashda sanitariya qoidalariga rioya qilish;
— Ovqatdan zaxarlanish xolatlarini oldini olish maqsadida, sifatli xavfsiz oziq-ovqat bilan ta’minlash, uni ishlab chiqarish va tashishda sanitariya qoida va me’yorlariga rioya qilish;
— Uyushtirilgan jamoalarda tarbiyalanuvchi bolalar va o’smirlarni shakllanish va tarbiyalanish sharoitini, maktab , o’rta ta’lim muassasalarining sanitariya axvoli;
— Axoli orasida kasallanishni oldini olish va kamaytirish, xududlarda karantin va o’ta xavfli bo’lgan yuqumli kasalliklar tarqalishidan oldini olish, sanitariya muxofaza tadbirlarini ishlab chiqish, dezinsektsiya, dezinfektsiya, deratizatsiya ishlarini amalga oshirish, sog`lom turmush tarzini targ`ibot qilish.