DSENM tuzilmasi

Ushbu nizom O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog’ligini saqlash to’g’risida»gi va «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi Qonunlari, Respublika Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi №2107-PF sonli «O’zbekiston Respublikasi sog’likni saqlash tizimini islox qilish to’grisida»gi
Farmoni asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Shaxrisabiz tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazining (keyinchalik DSENM deyiladi) tashkiliy faoliyati asoslarini, makomini, burchi va vazifalarini, funksiyalari va statuslarini belgilaydi.

-Viloyat DSENM shaxar va tumanlardagi xududiy
DSENMlarining faoliyatini boshkaruv va nazorati organi bulib ma’muriy
munosabatlar buyicha viloyat xokimligiga va unga karashli bulgan viloyat soglikni
saklash boshkarmasiga, Respublika soglikni saklash vazirligiga, Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazoratini masalalari buyicha Respublika Bosh Davlat sanitariya
vrachiga, Uzbekiston Respublikasi soglikni saklash vazirligining Davlat
sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga buysunadi.

Viloyat DSENM uzining ish faoliyatini Davlat boshkaruvi,
ijroya va jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda olib boradi. Uzbekiston
Respublikasi SSVning Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamenti, Bosh
Boshkarmalari va bulimlari, ilmiy tadkikot institutlari, tibbiyot oliygoxlari va
urta tibbiy bilim yurtlari, xukumat idoralari, muassasalar, tashkilotlar va
jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda, xamda ular bilan tuzilgan shartnomalar
asosida ish olib boradi.

Viloyat DSENM viloyat xududida joylashgan, kaysi idoraga
buysunishidan va mulkchilik shaklidan kat’iy nazar xukukmat idoralari,
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va xususiy tashkilotlar va aloxida
shaxslarning sanitariya me’yorlari, koidalari, sanitariya-epidemiologiya talablariga
rioya etishlari ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi.

Shaxar, tuman DSENMlari sanitariya-epidemiologiya
masalalari buyicha viloyat DSENMga buysunadi.

— Viloyat DSENM Uzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, Uzbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati
tugrisida»gi Konuni, Uzbekiston Respublikasi Oliy majlisining konun va aktlari,
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, Respublika
Vazirlar Maxkamasining karor va Farmoyishlari, Respublika Soglikni saklash
Vazirligining buyrugi va me’yoriy xujjatlari, Uzbekiston Respublikasi xududida
xarakatda bulgan xalqaro qonun me’yorlari xamda mazkur Nizom asosida faoliyat
kursatadi.

— Viloyat DSENM uzining shaxar, tuman DSENmlari bilan
viloyatda Uzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat
tizimini tashkil kiladi.