Epidemiologiya bo’limi

Epidemiologiya bo’limi

Tuman DSENM epidemiologiya bo’limi ish faoliyati

Epidemiologiya bo’limi ish faoliyatini «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi qonuniga xamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi va viloyat hokimligi qarorlari, buyruqlari, yo’riqnomalari va boshqa xujjatlariga muvofiq rejalashtiradi va olib boradi. Yuqumli kasalliklarni oldini olish va kamaytirishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda shaxar va tuman DSENMlari epidemiologiya bo’limi ishiga raxbarlik qiladi.
Yuqumli kasalliklarning profilaktikasi masalasi bo’yicha DSENMlari qadrlari malakasini oshirishni tashkil qiladi. Joylarda va mikrouchastkalarda yuqumli kasalliklar tarqalishi bo’yicha nosog’lom vaziyat vujudga kelganda epidemiya xavfi bo’lganda san.gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlar o’tkazishni tashkil etishda konsultativ va amaliy yordam ko’rsatadi. Profilaktik emlash rejalarini umumlashtirish, bakteriyali va virusli preparatlarga buyurtmalar qabul qilish va berishda qatnashadi.
Parazitologiya bo’limi, bakteriologiya, virusologiya laboratoriyalari ish faoliyatlarini nazorat qiladi. Bo’lim xodimlar mexnat va ijro intizomlari uchun xamda yuqori tashkilotlarga ma’lumotnomalar, javob xatlari tayyorlashga va buyruqlarning vaqtida bajarilishiga ma’sul. Vazirlar Maxkamasining 147-sonli qarori bo’yicha nazorat olib boradi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan xolda viloyat EKKFK, viloyat SSB Xay’at yigilishlariga, Sanepidkengashlariga ma’lumot va qaror loyixalarini tayyorlab, masalalar kiritadi. Bo’limdagi oylik yillik rejalar tuzish, xisobotlarni qabul qilish va tayyorlashni nazorat qiladi. Axoli orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish mavzusida sanitariya targibot ishlarini olib boradi. Epidemilogiya bulimi ish faoliyatida kuyidagi buyruqlar asosida ish olib boradi.
Sog’liqni Saqlash Vazirligini 5.01.2012 yilda chiqarilgan 5-sonli «Virusli gepatit bilan kasallanishni kamaytirish choralari haqida»gi buyruqlarini kasallik kupaygan tumanlarda davolash profilaktik muassasalari va DSENMlarida bajariladigan profilaktik, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni bajarilishini nazorat qiladi.
Sog’liqni Saqlash Vazirligining 6.10.93 yildagi 491-sonli «Salmonellyoz kasalligiga qarshi muxofaza choralarini utkazish xaqida»gi va Sog’liqni saqlash vazirligining 23.06.93 yilda chikarilgan 292-sonli «Respublikada qorin tifi va paratif kasalliklarini kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tugrisida»gi buyruqlarini tumanlarda bajarilishini nazorat qiladi.
Sog’liqni Saqlash Vazirligining 23.11.1993 yildagi «Sil kasalligiga qarshi tibbiy yordamni takomillashtirish xaqida»gi 591, 536, 552-sonli buyruqlarini, O’zbekiston Respublikasi SSVning 2003 yil 3 apreldagi «Silga qarshi kurashish tadbirlarini takomillashtirish to’g’risida»gi 160-sonli buyrugini va sil kasalliklari to’g’risidagi amaldagi SSVning buyruq, qonunlari asosida kasallik ko’paygan shaxar va tumanlarda DPMlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
SSVning 31.03.2010 yilda chiqarilgan «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga dermatovenerolog xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 99-sonli buyrigini kasallik ko’paygan va aniqlangan xududlarda DMPlar tamonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qiladi.