Nazoratini utkazishni tashkillashtirish

Davolash-profilaktika muassasalarini Davlat sanitariya nazoratini. utkazishni tashkillashtirish.Davolash-profilaktik muassasalarda davlat sanitar nazoratini tashkil qilish

1992 yil 07.07 dagi № 657-XP ( o’zgartirishlar va qo’shimchalar bilan.) “Davlat sanitar nazorati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 21 bandida idoraviy turi. Mulkichlik shakli, shaxs turidan qa’tiy nazar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davolash-profilaktika muassasalari tomonidan sanitar- gigiyenik me’yorlar tartibga solinadi.

Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasida davlat-epidemiologik nazorat Respublika markazi , viloyatlarda esa viloyat markazlari, Toshkent shahrida-sanitar-epidemiologik nazorat shahar markazi, respublikaning boshqa tuman shaharlarida tuman sanitar-epidimeologik markazlarida shakllantirilgan.

O’zbekiston Respublikasining Sog’liqni saqlash vazirligining 30.03.2007 yildagi №148 bo’yrug’iga asosan sanitar nazoratni ko’chaytirish maqsadida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Gossanepidnazorat Respublika Markazi (keyinchalik matnda-GSENRM), Qoraqalpog’iston Respublikasi GSENRM, viloyat GSENRM, shuningdek Toshkent GSENRM va boshqa shahar va tuman GSENRMlarida davolash-profilaktik muassasalarni nazorat qilish bo’limlari tashkil etilgan.

Davolash-profilaktik muassasalarning davlat sanitar-nazorat chora-tadbirlari qo’yidagi shaklda o’tkaziladi:

monitoring;

rejali tekshiruv;

nazorat tekshiruvi;

Epidemik nazorat tekshiruvi.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat sanitar nazorati haqida” gi Qonunining 7 bandida davlat idoralari, korxonalari, muassasalar va birlashmalari mulkchilik shaklidan va shaxsidan qa’tiy nazar quyidagilar majburdirlar:

Belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitar normalar, qoidalar va gigiyenik tartiblarga rioya qilish;

Idoralarga, muassasalarga, mansabdor shaxslarga davlat sanitar nazoratini, yuz bergan avariyalar to’g’risidagi xolis ma’lumotlar, sanitar-epidemik, raditsion sharoitlar to’g’risida axborotlar berish.

Mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar barcha statsionarlardagi sanitar-gigiyenik va epidemik rejim O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirining 29.12.2007 yildagi “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi davolash-proifilaktik muassasalardagi sanitar-gigiyenik. Epidemiyaga qarshi va dezinfiksion rejimdagi nazoratlar haqida” gi №600, 2007 yil 10 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida OIV bilan bog’liq profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkillashtiri to’g’risida”gi №480, shuningdek SanPinning “davolash-profilaktik muassasalarning sanitar normalari. Qoidalari, loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish” № 0231-07, “ Nodavlat sektorlardagi davolash- profilaktik muassasalarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish sanitar me’yorlari va qoidalari” to’g’risidagi № 0253-08 bo’yruqlari va boshqalar asosida tartibga solinadi.

O’quv-profilaktik muassasalarni tekshirish.

Davlat sektorlarining o’quv-profilaktik muassasalarda ( keyinchalik-DPM) rejali tekshiruvlar va rejadan tashqaridagi eped va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha nazorat olib boriladi.

Epidemik mohiyatdagi davolash-profilaktik muassasalardagi (bular birinchi navbatda xirurgik, akusher-ginekologik profildagi statsionarlar, sterilizatsiya markazlashtirilgan bo’limlar, qon quyish viloyat markazlari, qon quyish bo’yicha viloyat va tuman stansiyalari, DPM ovqatlanish bo’limlari va boshqalar) rejali tekshiruvlar ambulator-poliknikalarda har kvartalda, statsionar terapevtik profildagi statsionarlar har 6 oyda amalga oshiriladi.

70% dan kam bo’lmagan tekshiruvlar laboratoriya-instrumental uslub tekshiruvlari qo’llanilgan holda amalga oshiriladi.

Qoida bo’yicha, DPM dagi tekshiruvllar kompleks tarzda amalga oshirilib, ular sanitar vrachlar bilan birga sanitar vrachlar, bakteriologlar va boshqa manfaatdor mutaxassislar bilan olib boriladi.

Davolash-profilaktik muassasalar taqvim yilining boshlanishida sanitar gigiyenik tadbirlar, epidemiyaga qarshi va dizenfeksiya rejimi masalalari bo’yicha general akt tuzadilar. Akt ikki namunada amalga oirilib, ulardan biri DPM da qolsa, ikkinchisi RSENM da qoladi.

DPM dagi tekshiruv uchun asos RSENM rahbarlarining bo’yruqlari bo’lib, ularda uning turi, ko’lami va nazorat muddati ko’rsatiladi. Tekshirish boshlanishidan oldin tekshiruvchi DPM rahbarini buyruq bilan tanishtirib o’z guvohnomasini ko’rsatish bilan o’z faoliyatini boshlaydi.

DPM ning rahbari tekshiruvchini aynan o’zi kuzatadi yoki unga majburiy tarzda hamroh tashkillashtiradi. Hamroh-mutaxassis ushba muassasada faoliyat ko’rsatishi va sanitar me’yorlarga, qoidalar va gigiyenik tartiblar uchun ma’sul xodim bo’lishi kerak.

Birinchi bosqichda tekshiruv statsionarning umumiy tasnifini o’rganadi: statsionar planirovkasi, bo’limlar ro’yxati, kasalxona xizmatlari, sanitar-kommunal obodonlashtirish: suv ta’minoti, issiq suv bilan ta’minlanganligi, kanalizatsiya tizimi, suvni tozalash yo’llari, sanitar holati, hudud obodonchiligi, bo’limlar bo’yicha koykalar miqdori, tekshiruv vaqtida kasalxonadagi bemorlar miqdori, kasalxonada joylashtirish tartibining to’g’riligi, xodimlar miqdori va boshqalar. Tekshiruvchi talabi bilan unga tekshiruvga tegishli bo’lgan barcha hujjatlar taqdim etilishi zarur.

Epidemiyaga qarshi sifatning eng muhim axborot ko’rsatkichlari bemorlar orasidagi gospital infeksiyalardan yuzaga keladigan kasalliklar darajasi, ushbu infeksiyalarni o’z vaqtida yo’qotish, gospital infeksiyalardagi kasalliklar darajasi va xodimlar orasidagi ushbu infeksiyadan zararlanganlar miqdori hisoblanadi.

Tekshiruv o’tkazish jarayonida statsionardagi vrach-epidemiolog ichki kasalliklar infeksiyasi kasalliklari tahlilini, ularning paydo bo’lishi va uchyoti tahlillari amalga oshirilib, epidemiyaga qarshi tadbirlar, bu boradagi to’siqlar va statsionardagi turli infeksion kasalliklarning tarqalishiga qarshi dasturlar ijrosi tekshiriladi.

Vrach-immunolog statsionardagi immunoprofilaktika holati va birinchi navbatda akusherlik komplekslari va ambulator-poliklinik muassasalar holatini o’rganadilar. Sanitar vrach esa suv ta’minoti, kanalizatsiya, bemorlar ozuqasini o’rganadi. Bundan tashqari ozuqa mahsulotlari tatib ko’rilib, tashqi muhit, hududlar obodonchiligi, tibbiy va maishiy chiqindilarning utilizatsiyasi ham tekshiriladi.

Vrach-bakteriologlar bakteriologik nazoratdagi tashqi muhit ob’yektlari tekshiruvlarini tashkillashtiradilar. Bakteriologik nazorat o’tkazilishida nazorat o’tkazish ob’yektlari qo’yidagilar hisoblanadi: havo o’tkazish muhiti, tashqi muhitning turli ob’yektlari, xirurgik instrumentariylar, chetdan olib kelingan, shov materiallar, operatsiya maydonidagi xirurglar qo’li va terisining steriallanlik darajasi,shuningdek ichak tayoqchalari guruhidagi bakteriallarga xodimlar qo’llari va stafilokklar. Agar DPM tizimida ichki dorixona bo’lsa, bunday holatda infuzion eritmalar va steriallanganlik namunalari tekshiriladi.

Tekshiruv tugatilgandan keyin laboratoriya izlanishlari bo’yicha akt tuziladi va zaruriyat to’g’ilganda sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi, dezinfeksion kamchiliklar barataraf etilishi kerak bo’lgan muddat bilan tekshiriluvchiga taqdim etiladi. Moddiy xarajatlar talab etiluvchi tadbirlar davolash-profilaktik muassasa rahbarlari bilan kelishiladi.

Ichki kasalliklar infeksiyasi topilgan taqdirda yoki DPM dagi infeksiyalarning yurishi holatida muassasadagi ma’sul shaxs majburiy tarzda Gossanepidnazorat hududiy Markaziga xabar berishi kerak bo’ladi.

Bunday holatda rejali tekshiruvlardan qa’tiy nazar davolash muassasalariga kasalxona ichida infeksiya tarqalishi sabablari aniqlanishi uchun mutaxassislar yuboriladi va epidemiyaga qarshi tadbirlar to’liq belgilanib, uning qayta takrorlanmaslik chora-tadbirlari ko’riladi.

Sanitar-gigiyenik, epidemik va dezinfeksion rejimdagi kamchiliklar topilganda, muassasa rahbarlari, mansabdor shaxslar va boshqa ma’sul shaxsalar “Davlat sanitar nazorapti to’g’risidagi” 29 Qonunning 29 bandiga muvofiq dissiplinar va boshqaruv ma’suliyati oladilar. Tekshiruv aktlari asosida ma’sul shaxsga, shuningdek DPM rahariga yo’l qo’ilgan kamchilik bo’yicha “Sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi kurashish kamchiliklari haqida” bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada personal pasport, ma’sul shaxs pasport dalillari va yo’l qo’yilgan kamchiliklar asoslari ko’rsatiladi. Kamchilikni yo’lga qo’ygan shaxs bayonnomada yuzaga kelgan kamchilik sababini ko’rsatishi kerak bo’ladi. Shu bilan birga ular ko’tarilgan kamchiliklarni rad qilish huquqiga ega.

DSENM komissiyasining DPM dagi tekshiruv akti asosidagi ma’muriy ishlarni amalga oshirish bo’yicha va 15 kun ichida tuzilgan bayonnoma bo’yicha O’zbekiston Respublikasi “Boshqaruv ma’suliyati” kodeksi asosida boshqaruv ishlarini qo’zg’atish haqida qaror chiqaradi. Kamchilmiklar turidan qa’tiy nazar, O’zbekiston Respublikasining Kodeksidagi 53-55,85-89,95-96 va 178 moddalarga binoan jarima solish to’g’risidagi nizom kiritiladi. Boshqarish bo’yicha hukmni qo’llash u chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga kiritiladi.

O’zbekiston Respublikasining “Boshqaruv ma’sulyati to’g’risida” gi Kodeksining 332 bandida jarima solingan kundan boshlab 15 kun ichida qonunbuzarlar tomonidan to’lanishi shart hisoblanadi. Jarima to’lanmagan taqdirda sudga majburiy tarzda yo’naltiriladi.

Jarima solish bo’yicha chiqarilgan qaror bo’yicha noroziliklar bo’lsa, 15 kun ichida davlat sanitar nazoratini amalga oshiruvchi yuqori tashkilotga murojaat qilishlari mumkin.

DSENM rahbarlari tomonidan yo’l qo’yilgan kamchilik shakliga qaramasdan O’zbekiston Respublikasi “Davlat sanitar nazorati haqida”gi davlat qonunining 27 bandiga asosan DPM ni yoki bo’limni ekspluatatsiya jarayoni yuzaga chiqarilgan sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to’xtalishi mumkin.

Korxona sub’yektlari faoliyatini to’xtatish sud tartibida amalga oshiriladi va ba’zi holatlarda favquloddagi holatlar, epedimiya va boshqa aholi salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi haqiqiy tahlikalarning paydo bo’lishini bartaraf etishi bilan bog’liq holda 40 kun muddatga faoliyati to’xtatiladi.

Nodavlat sektorlarning davolash-profilaktik muassasalaridagi tekshiruvning o’ziga xosliklari

Nodavlat sektorlardagi davolash profilaktika muassasalari va xususiy amaliyot yurituvchi vrachlar “Korxona sub’yektlari tekshiruvini muvofiqlashtirish-nazorat idoralari tomonidan o’tkaziluvchi yuridik shaxslar tartibi haqidagi nizom”ga asosan monitoring o’tkaziladi.

Bunda monitoring O’zbekiston Respublikasi nazorat idoralarini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashi bilan qo’shimcha kelishuvlarsiz Gossanepidnazorat Markazlarining buyruqlariga muvofiq tarzda 6 oyda bir martadan ko’p bo’lmagan holda o’tkaziladi.

DSENM xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan monitoring o’tkazish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi litsenziyasi va ruxsat berilgan xizmatlar ko’lami, xodimning tibbiy daftarchasi mavjudligi, bo’limda markazlashtirilgan sterilizatsiya meditsina asboblari va bog’lama materiallar mavjudligi bilan bilan tanishadilar.

Monitoring vaqtida akt tekshiruvini tuzilmaydi, muassasa rahbari boshqaruv ishlariga jalb qilinmaydi, shuningdek ob’yektning faoliyat ko’rsatishini to’xtatish to’g’risidagi qaror kiritilmaydi.

DPM faoliyati litsenziyasiz amalga oshirilayotgan bo’lsa, sterilizatsiya chora-tadbirlari ko’rilmasa, tibbiy instrumentlar sterilizatsiyasi bo’lmasa, bu holatda DSENM O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi nodavlat muassasalariga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish va litsenziyalash Boshqarmasiga chora ko’rish uchun yo’naltiradi.

Nodavlat tarmoqlardagi DPMning rejali tekshiruvi O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Xo’jalik yuritish sub’yektlari faoliyatining davlat nazorati haqida”gi 2005 yil 05.10 dagi “Korxona sub’yektlarini tekshirish tizimini istiqbolda qisqartirish va takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar haqida”gi PF-№3665, shuningdek nazorat qilinuvchi idoralar faoliyatining koordinatsiyasi bo’yicha Respublika kengashlari bilan kelishilgan reja bo’yicha amalga oshiriladi.

Shunga e’tibor qaratish lozimki, tekshiruvchi rahbarni nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashidan ma’lumotnoma, rahbar imzosi mavjud bo’lgan va muvofiqlashtirish rejasi asosidagi nashri shaklidagi DSENM bo’yicha bo’yruq, shaxsiy xizmat guvohnomasi va vazifalarning nazoratini yo’lga qo’yuvchi guvohnomani ko’rsatishi zarur. DSENM bo’yrug’ida maqsad, muddat, faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs aniq ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

Muassasa rahbari tekshiruvchi to’ldirib borishi uchun tekshiruv jurnalini taqdim etishi zarur. Jurnal yo’q bo’lgan taqdirda tekshiruvchi belgilangan tartibda tekshiruv aktini tuzadi.

Sanitar izohlar va yo’l qo’yilgan xatolarni bartaraf etish muddatini aniq ko’rsatgan holda tekshiruv natijalarini akt bilan rasmiylashtiradi. Sanitar izohlarning amalga oshirilishi tekshiruv tartibidagi tekshiruvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha kengash bilan kelishilmagan holda nazoratga olinib boriladi.

Akt ikki namunada tuziladi, birinchisi DPMda qoldiriladi, ikkinchisi DSENMga jo’natiladi.

Sanitar gigiyenik, epidemiyaga qarshi kurashish va dezinfeksion rejimdagi faoliyatda kamchiliklar topilgan taqdirda rahbar yoki boshqa ma’sul shaxslar “Ish yuritish ma’suliyati haqidagi” O’zbekiston Respublikasi Kodeksiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari, tekshiruvlar natijasi bo’yicha materiallar Tibbiy xizmatlarning sifatini nazorat qilish va litseniyalash boshqarmasiga yuboriladi. Nodavlat tarmoqdagi DPM da kasalxona ichki infeksiya tarqalishi yuzaga kelgan bo’lsa, mustaqil vrachlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi muassasa rahbari yoki shaxs DSENM ga taklif qilinadi va epidemiyaga qarshi kurashish kompleks chora –tadbirlari bilan tanishtiriladi.

Davolash-profilaktik muassasalar rahbarlari, sanitar –gigiyenik faoliyatni, epidemiyaga qarshi kurashish va dezinfeksion rejimdagi chora tadbirlarni amalga oshirsalar ob’yektning sanitar-gigiyenik va epidemik obodonligi ta’minlanadi.